Barqaror rivojlanish markazi 

  • O‘zbek
  • Ўзбек
  • Русский
  • English
  • Français

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

14-04-2026 390

    Nogironligi bo‘lgan shaxslar ,    ayniqsa ,    doimiy parvarishga muhtoj bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish ,    ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida:

    1.    2022    yil    1    apreldan boshlab mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi hamda ish    staji    to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda    –        440 000    so‘mdan    622 000    so‘mgacha oshirilsin.

        2. Belgilansinki ,        2022    yil    1    apreldan boshlab:

        a)    o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan    18    yoshgacha bolalarning    ( keyingi o‘rinlarda    –    o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar )    parvarishi bilan    band    bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga har oyda    500 000    so‘m miqdorida nafaqa to‘lovi    ( keyingi o‘rinlarda    –    parvarishlash nafaqasi )    joriy etiladi.

        Bunda    parvarishlash nafaqasini to‘lash va yetkazib berish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining    respublika    budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;

        b)    parvarishlash nafaqasi fuqarolarning    Davlat    xizmatlari markazlari yoki Yagona    interaktiv    davlat xizmatlari portaliga qilgan murojaatlari asosida budjetdan tashqari    Pensiya    jamg‘armasining    tuman ( shahar )    bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va to‘lanadi.

        3. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi    ( A.K.Inakov )    Sog‘liqni saqlash vazirligi    ( B.A.Musayev )    bilan birgalikda quyidagi ma’lumotlarni budjetdan tashqari    Pensiya    jamg‘armasiga    elektron    shaklda taqdim etib borishni ta’minlasin:

        2022    yil    1    apreldan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

        2022    yil    1    oktyabrdan boshlab o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning qonuniy vakillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni.

        4. Moliya vazirligi    ( T.A.Ishmetov )    Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi    ( A.K.Inakov ),    Sog‘liqni saqlash vazirligi    ( B.A.Musayev )    bilan birgalikda    2022    yilning    oktyabr    oyidan boshlab    18    yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar va odamning    immunitet    tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan    18    yoshgacha bolalarga to‘lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda    “ proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etsin.

        5. Moliya vazirligi    ( T.A.Ishmetov):

    ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar budjetdan tashqari    Pensiya    jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari hamda jamg‘armaga    respublika    budjetidan ajratilishi ko‘zda tutilgan transfertlar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin;

    kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining    Davlat    budjeti parametrlarida mazkur Farmonning amalga oshirilishi bilan bog‘liq xarajatlarni nazarda tutsin;

    manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch    oy    muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish

va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

        6. Moliya vazirligi ,    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ,    O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ,    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ushbu Farmonning maqsadi ,    vazifalari va bundan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari , Internet    va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.

        7. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan    18    yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

        8. Ushbu    Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri    T.A. Ishmetov va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori A.K.Inakov belgilansin.

        9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi    Bosh    vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.

        

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti    Sh.MIRZIYOЕV